Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Namanganda salkam 7 tonnali megasumalak tayyorlandi

Namanganda salkam 7 tonnali megasumalak tayyorlandi

Namangan shahridagi Bobur nomli madaniyat va istirohat bog‘ida Navro‘z bayrami munosabati bilan tayyorlangan megasumalak pishib yetildi. Bu haqda Daryo muxbiri xabar bermoqda.

21 mart kuni soat 10.00 da nuroniylarning duo-fotihalari bilan viloyat va shahar rahbarlari ishtirokida sumalak qozoni ochildi.

Shundan so‘ng maxsus kran yordamida o‘lchov o‘tkazildi. Tortib ko‘rish natijalari megasumalakning sof og‘irligi 6 tonna 920 kilogramm ekanligini ko‘rsatdi.

Sumalagimizning og‘irligi biz avval rejalagandan ham ortiq bo‘ldi. Asosiysi, tatib ko‘rganlar uni nafaqat rekord darajadagi, balki juda mazali ham bo‘lganligini aytishmoqda, deydi tadbir tashkilotchilaridan biri Bahriddin Chustiy.

Sumalakchi ayollarga bosh bo‘lgan Mavluda Jo‘raboyevaga ko‘ra, taomni tayyorlash uchun 1,2 tonna bug‘doy, 2,5 tonna un, 400 kilogramm yog‘ sarflandi. 30 nafar tajribali ayol bug‘doy undirishdan tortib, sumalak qozondan olinguncha taom atrofida parvona bo‘ldi.

Maxsus idishlarga solingan sumalak viloyatdagi mehribonlik, saxovat uylari, shifoxonalar va kam ta’minlangan oilalarga yetkazildi. Shuningdek, Navro‘z sayliga kelgan namanganliklar, viloyat mehmonlari ham bahor taomidan bahramand bo‘ldi.

Kiritildi: 17:28 21.03.2019. O'qildi: 1547 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!