Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Namanganda korxonadan 44,8 mlrd so‘m soliq qarzdorligi undirildi

Namanganda korxonadan 44,8 mlrd so‘m soliq qarzdorligi undirildi

Ish yurituvdagi soliq qarzdorligini undirish bilan bog‘liq hujjatlar ijrosini ta’minlash Majburiy ijro byurosi organlari oldida turgan ustuvor yo‘nalishlardan biridir. Bu borada Byuroning Namangan viloyati boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘limlari tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, yaqinda olib borilgan ijro harakatlaridan so‘ng ko‘p tarmoqli ishlab chiqarish jamiyatdan 44,8 mlrd. so‘m soliq qarzdorligi undirildi.

Ma’lum bo‘lishicha, boshqarma ish yurituvidagi "A.S.T" to‘qimachilik korxonasidan davlat foydasiga soliq qarzdorligini undirish bo‘yicha ijro hujjati kelib tushgan.

Qarzdor korxonaga qonun talablari asosida 15 kunlik ixtiyoriy muddat berilgan. Afsuski, ixtiyoriy muddatda qarzdor soliq qarzini to‘lamagan.

Oqibatda esa majburiy ijro harakatlariga kirishilib, qarzdor jamiyat mol-mulki va bank aylanma mablag‘lariga taqiq solingan. Shundan so‘ng, jamiyatdan soliq bo‘yicha yuzaga kelgan qarzdorlik undirilib, byudjetga yo‘naltirildi.

Kiritildi: 18:47 10.04.2025. O'qildi: 680 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!