Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Namanganda esdalikka video olmoqchi bo‘lgan bitiruvchilarga chora ko‘rildi

Namanganda esdalikka video olmoqchi bo‘lgan bitiruvchilarga chora ko‘rildi

Namangan shahridagi 34-sonli maktab o‘quvchilari tomonidan sodir etilgan holat ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Holat yuzasidan viloyat YHXB ma’lumot berdi.

Unda aytilishicha, bitiruv oqshomi munosabati bilan 25 nafar sinfdosh oldindan avtomobillar buyurtma qilib, Davlotobod tumanidagi yo‘lga chiqqan. Guruh-guruh bo‘lib harakatlangan bolalar holatni videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan.

Holat yuzasidan chora ko‘rildi. Viloyat YHXB rahbariyati tomonidan maktab mas’ullari, o‘quvchilarning ota-onalari, maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi vakillari hamda mahalla raisi ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Holatga aloqador bo‘lgan barcha transport vositalari jarima maydoniga joylashtirildi, haydovchilarga nisbatan esa ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Surishtiruvlar davomida ushbu holatda o‘quvchilardan birining otasi o‘zi ham qatnashgani ma’lum bo‘ldi.

“Men 9-sinf bitiruvchilarni, o‘z o‘g‘lim bo‘lgan, jiyanim bo‘lgan, iltimos, esdalik qoladi, degani uchun olib chiqdim. Qilgan ishimiz noto‘g‘ri ekan. Unday qilmanglar, afsusdamiz”, deydi ota.

Kiritildi: 19:45 19.05.2025. O'qildi: 475 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!