Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Namanganda davlat gerbi qabul qilinganining 31 yilligi keng nishonlandi

A A A
Namanganda davlat gerbi qabul qilinganining 31 yilligi keng nishonlandi

Davlat ramzlari har bir mamlakatning mustaqilligini ifodalovchi muqaddas belgidir. Chunki u xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagini o‘zida mujassam etgan.

2 iyul – yurtdoshlarimiz uchun qadrli va unutilmas sana - O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbi qabul qilingan kun. Ya’ni, bundan 31 yil avval, 1992 yil 2 iyulda "O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbi to‘g‘risida"gi Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan.

Qonunga ko‘ra, davlatimiz gerbi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzidir. Demak, davlat gerbi – xalqning erki, baxti, g‘ururi, o‘zligi timsoli. Ushbu qonun 8 tagina moddadan iborat bo‘lsada, uning ahamiyati zalvorli.

Namangan shahridagi “Uch favvora” xiyobonida davlatimiz gerbi qabul qilingan kun munosabati bilan “O‘zbekiston – barchamiz uchun yagona Vatan, yagona qalbdir!” shiori ostida shtkazilgan madaniy-ma’rifiy tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, viloyat faollari, talaba yoshlar jamul-jam bo‘lishdi. Tadbir avvalida viloyatning markaziy ko‘chalarida davlat bayrog‘ini o‘rnatgan holda “Vatanparvar avtokarvoni” tashkil etildi.

Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Botirjon Nuriddinov, Namangan shahar hokimi G‘ofurjon Jamolov O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining nafaqat davlat ramzi, balki millat iftixori sifatidagi yuksak ahamiyati xususida to‘xtaldi. Shundan so‘ng, mamlakatimiz madhiyasi yangradi.

Iqtidorli yoshlar, ma’naviyat targ‘ibotchilari o‘z so‘zida mustaqillik belgisi, mamlakat timsoli bo‘lgan gerbimizni Yangi O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi millatidan qat’iy nazar barcha fuqarolar hurmat qilishlari zarurligini ta’kidlashdi.

Darhaqiqat, gerb – har bir davlatning ramzi, xalqning timsoli! Undagi har bir tasvir, rang, chiziq va belgi ulug‘lik, fidoyilik va oliyjanoblik nishonasi bo‘lib, o‘zida tinchlik, yaxshilik, baxt-saodat va yurtning farovonlik yo‘lidagi orzu-umidlarini ifodalaydi.

Harbiy qismlar xizmatchilarining jangovar ko‘rgazmali chiqishlari va viloyat san’at ustalarining vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiqlari yig‘ilganlarga ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

Kiritildi: 19:11 02.07.2023. O'qildi: 2173 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!