Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Namanganda arxeologlar ikkita noyob yerosti yo‘lini topdi

Namanganda arxeologlar ikkita noyob yerosti yo‘lini topdi

Axsikentdagi XI qazuv ob’ektidan so‘nggi 50 yildagi eng nodir topilmalar aniqlandi, deb xabar bermoqda Madaniy meros agentligi.

Ma’lum qilinishicha, Namangan viloyatining Axsikent arxeologiya yodgorligida olib borilayotgan izlanishlar davomida arxeologlar kengligi 2,3 metrlik zinapoyaga duch keldi. Yer tubi tomon 4 metr qazilganda yo‘lakning bus-butun arkalariga duch kelingan.

Bu yerdan 10 ming kubometr tuproq chiqarilgach, yo‘lakning 12 pog‘onasi ham ochilgan. Aynan shu nuqtadan 7 metr sharqda qadimshunoslar yana ikkita noyob yerosti yo‘llariga duch keldi.

Namanganda arxeologlar ikkita noyob yerosti yo‘lini topdi

Taxminlarga ko‘ra, har ikki arkasimon yo‘lak dastlabki topilgan katta yo‘lga bog‘lanadi. Barcha yo‘laklar butun, arkasimon holda metro uslubida pishiq g‘ishtdan qurilgan. Hozirda italyancha deya ta’riflangan “rakovina”, yerosti, pol osti isitish tizimi, nafis sopol quvurlari bilan butun holatda topilgan qo‘l yuvish vositalari ham aynan shu ob’ektdan 2024 yilgi qazuv ishlari davomida topilgan.

Hozirda yodgorlikni muzeylashtirilayotgan qismlar quyidagilardan iborat:

  • XVIII qazuv ob’ekti – X-XII asrlarda faoliyat yuritgan yerosti suv inshootining kuzatuv punkti, birinchi shahristonning XIII asrning boshlariga oid xorazmshoxlar davrida qurilgan mudofaa devori va turar joy qoldiqlari;
  • XI qazuv ob’ekti – XI-XII asrlarga oid pishiq g‘ishtdan qurilgan gumbazli tagxona va mahobatli turar joy qoldiqlari, Farg‘ona vodiysida ilk bor topilgan qoraxoniylar davri devoriy rasm namunalari hamda yuqorida qayd etilgan yerosti inshootlari va nodir qurilmalar mavjud;
  • XIX qazuv ob’ekti – shaharning eramizdan avvalgi III-I asrlarda qurilgan mahobatli mudofaa devorlari va yerosti suv yo‘li;
  • XXIV qazuv ob’ekti – XI-XII asrlarga oid mahobatli turar joy qoldiqlari aniqlangan.
Kiritildi: 10:25 05.10.2024. O'qildi: 1187 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!