"O‘zenergoinspeksiya" Namangan viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Namangan shahri "Axsikent" MFYda joylashgan "N.O." xususiy korxonasi va Pop tumanida joylashgan "S." MCHJga qarashli AYOQShlar tomonidan sotilayotgan avtobenzin yoqilg‘isidan namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsizligi) aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarliklar natijasida O‘zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 43-moddasi bo‘yicha hisob-kitob qilinib, 28,6 mln so‘m miqdorida iqtisodiy sanksiya qo‘llanildi.
Ma’lumot o‘rnida: Sotuvchilar tomonidan sifati belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmagan neft, gaz kondensati, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazini realizasiya qilish — sifati belgilangan talablarga javob bermaydigan realizasiya qilingan tovar qiymatining 50 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.