Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Namanganda 26 yoshli erkak 46 yoshli erkakni do‘pposlab, mashinada bosib ketdi

Namanganda 26 yoshli erkak 46 yoshli erkakni do‘pposlab, mashinada bosib ketdi

Namangan viloyati. Joriy yilning yil 18 dekabr kuni soat 17:00 larda Namangan tumanida yashovchi 26 yoshli A.N., Namangan tumani “Qurama” mahallasi hududida bo‘la turib, ushbu mahallada yashovchi 46 yoshli Q.F. bilan janjallashib qolishganligi sababli A.N. qo‘li bilan Q.F.,ning yuz qismiga bir marotaba urib tan jarohati yetkazgan so‘ngra uning chap qo‘lini “ZIL MM3554” rusumli avtomashina baloni bilan bosib o‘tib ketganligi aniqlangan. Natijada Q.F. tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv natijasida aniqlanishicha, ushbu kuni A.N. o‘zining boshqaruvida bo‘lgan “ZIL MM3554” rusumli avtomashinasini “Qurama” mahallasi hududidagi ichki ko‘chalar bo‘ylab boshqarib ketayotib Q.F.,ning boshqaruvida bo‘lgan “NEXIA” rusumli avtomobil yo‘lni to‘sib qo‘yganligi sababli yo‘lini davom etira olmagan, Q.F. esa mast holatda bo‘la turib unga kutib turishini aytganligi sababli oralarida janjal vujudga kelgan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan A.N.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “e” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prosessual tartibda ushlangan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 15:19 23.12.2021. O'qildi: 4597 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!