Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Namanganda 18 yoshli qiz sinov vaqtida attraksiondan yiqilib vafot etdi

Namanganda 18 yoshli qiz sinov vaqtida attraksiondan yiqilib vafot etdi

“Afsonalar Vodiysi” bog‘ining 2001 yilda tug‘ilgan ishchisi E.X. yangi attraksionni sinovdan o‘tkazish vaqtida halok bo‘ldi.

 

30 sentyabr kuni soat 15:40larda Namangan shahridagi ko‘ngilochar istirohat bog‘ida qutqaruvchi vazifasida ishlagan E.X. bog‘da joylashgan, qurilishi to‘liq bitkazilmagan “Spin block” attraksioniga sinov o‘tkazilayotgan vaqtda ruxsatsiz chiqib, o‘zining ehtiyotsizligi oqibatida attraksionning temir truba qismiga urilib, voqea joyida vafot etgan. Bu haqida UzNews.uz’ga Bosh prokuratura xabar qildi.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlarida E.X. (2001 y.t.) “Namangan Istiqlol bog‘i” MCHJga qarashli bo‘lgan ko‘ngilochar bog‘ida joriy yilning avgust oyidan beri qutqaruvchi vazifasida ishlab kelganligi va uning asosiy ish joyi bog‘da joylashgan “akvapark” suv havzasida bo‘lganligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Namangan shahar prokuraturasi tomonidan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlanib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 12:49 03.10.2019. O'qildi: 3399 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!