Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Namanganda 14 yoshli bola «Jiguli»da o‘z tengdoshini urib yubordi va uning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Namanganda 14 yoshli bola «Jiguli»da o‘z tengdoshini urib yubordi va uning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Namanganda 14 yoshli bola tomonidan sodir etilgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXX axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 20 may kuni soat 14:45 larda Kosonsoy tumani «Kushon» MFY, Hurriyat ko‘chasida 14 yoshli bola (tumandagi 5-sonli maktabning 7-sinf o‘quvchisi) «VAZ-2106» rusumli avtomobilda harakatlanayotib, boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘lning o‘ng chetida ketayotgan piyoda X.B.ni (2008 yilda tug‘ilgan) urib yuborgan.

Avariya oqibatida piyoda X.B. og‘ir tan jarohatlari olgani sabab shifoxonada vafot etgan.

«Birovning mashinasini boshqardim. Oyog‘imdagi ‘bosonojka’ gazga tiqilib qoldi. Tormoz o‘rniga yana gazni bosib yubordim», — degan voyaga yetmagan bola.

Mazkur YTH yuzasidan Kosonsoy tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 14:08 24.05.2022. O'qildi: 3250 marta. Fikrlar soni: 7 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!