Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Nahotki! Xitoy SSSR taqdirini takrorlashi mumkinmi?

Nahotki! Xitoy SSSR taqdirini takrorlashi mumkinmi?

Asli kelib chiqishi hongkonglik iqtisodchi, 40 yoshli Maykl hukumat namoyishchilarning talablarini bajarmayotganini va kundan kunga hukumatga nisbatan ishonchsizlik ortib borayotganini aytdi. Uning aytishicha, namoyishchilar talablari quyidagi
5 qismdan iborat:

1) universal to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi;

2) mustaqil polisiya tekshiruvi;

3) norozilikni bostirishni to‘xtatish;

4) aybsiz ushlanganlarni ozod qilish;

5) ushlab berish to‘g‘risidagi qonunni bekor qilish.

“Inglizlar davrida holat juda yaxshi edi. Odamlarda so‘z erkinligi bor edi. 80 yillar Xitoy zaif bo‘lgan vaqtlarda, Hongkong oltin asrda yashardi. AQShning yordam qo‘lini cho‘zishiga kelsak ... men buni 50 ga 50 deb bilaman. Chunki, AQSh Honkongdan faqatgina Xitoy bilan savdo urushida dastak sifatida foydalanishlari aniq. Biz Hongkongda xitoyliklar bilan umumiy madaniyatga ega emasmiz. Biz hamma narsada farq qilamiz. Xitoy zulm qilishni yaxshi ko‘radi, biz demokratiyani xohlaymiz! Biz hozir mustaqillik orzusini amalga oshirish imkonsizligini tushunamiz. Ammo 1989 yilda SSSR mavjud bo‘lganda ham hech kim hech narsani oldindan aytib berolmagan edi. Albatta, biz bu voqeadan ilhom olamiz. Biz – Xitoy  SSSR taqdirini takrorlashini xohlaymiz”, deydi Maykl.

Eslatib o‘tamiz, 4 sentabr kuni Hongkong rahbari “jamoatchilik havotirlarini tinchlantirish uchun hukumat qonun loyihasini qaytarib olishini” rasman ma’lum qilgan edi, deydi "togri.uz".

Kiritildi: 07:30 08.09.2019. O'qildi: 6933 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!