«Manchester Yunayted» futbolchilari o‘yinlar uchun tarkiblarni rasman e’lon qilinishidan ancha oldin tarqatib yuborayotgan odamni qidirishmoqda, deb yozadi Daily Mail.
Ta’kidlanishicha, bu holat ten Hag davrida ham kuzatilgan va hozir ham davom etib kelmoqda.
Jamoa yetakchilari «super detektiv»ga aylanib, OAVga ma’lumot tarqatayotgan shaxsni topishmoqchi.