Myanmaning sobiq go‘zallik tanlovi g‘olibasi Sili Mi Mandalayda zilzila tufayli qulab tushgan bino vayronasi ostidan jonsiz holda topildi, deb yozdi Britaniyaning “Need To Know” nashri.
Ma’lum bo‘lishicha, go‘zallik malikasi yosh bolani qutqarmoqchi bo‘lib, o‘z jonini qurbon qilgan. Qizning jasadini qutqaruvchilar 12 qavatli bino uyumi tozalangandan keyin topishgan.
28 yoshli Sili Mi 2018 yil “Miss Tourism World” tanlovida Myanma sharafini himoya qilib, ushbu mamlakatdan ilk bor g‘olib bo‘lgan vakilga aylangan.
Oxirgi ma’lumotga ko‘ra, Myanma zilzilasi qurbonlari soni 3600 dan oshgan, besh ming odam jarohatlangani ham qayd etilgan.