Myanma sharqida isyonchilar nazorati ostida qolgan hududdagi zich bambuk o‘rmonida asosan yigirma yoshlardagi 100 dan ortiq yoshlar qattiq harbiy mashg‘ulotlardan o‘tmoqda.
Sobiq oshpazlardan tortib, sobiq jurnalistlar, repperlar va shoirlargacha, jamiyatning turli qatlamlari vakillari qarshilik harakatiga yagona maqsad bilan qo‘shilishdi: 2021 yilda ushbu davlatda hokimiyatni egallab olgan harbiy tuzumni ag‘darish.
1948 yilda Britaniyadan mustaqillikka erishgan Myanma uzoq vaqtdan beri armiya nazoratida edi. Nobel mukofoti sovrindori Aung San Suu Kyi hukumatini ag‘dargan 2021 yilgi davlat to‘ntarishi bilan fuqarolik boshqaruvining qisqa umri tugadi.
“Murabbiyim menga bir askar frontga ketsa, bitta o‘q otilganini aytadi. Ammo 100 talaba ketsa, bu 100 ta o‘q degani, - deydi Ma Chel — «Bu meni ilhomlantiradi va g‘ururlantiradi».
Harbiy tayyorgarlikdan tashqari, bu askarlar siyosiy ta’lim ham olmoqda.