Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

MY-5 telekanali jurnalistini haqoratlagan shaxsga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi

MY-5 telekanali jurnalistini haqoratlagan shaxsga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda MY-5 telekanali jurnalisti Nozimjon Teshayevni noma’lum shaxs haqorat qilgani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB quydagilarni ma’lum qildi.

Joriy yilning 3 iyun kuni Mirzo Ulug‘bek tumani Osiyo ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylardan birining oldida 1993 yilda tug‘ilgan M.YA. jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimasdan N.Teshayev bilan og‘zaki janjallashib, jamoat tartibini buzgan.

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘grisidagi kodeksining 183-moddasi ("Mayda bezorilik") bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Hujjatlar o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqishlik uchun jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga taqdim etiladi.

Kiritildi: 14:08 04.06.2023. O'qildi: 2593 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!