Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Muxolifat partiyasi rahbari Ozg‘ur Ozelga qilingan hujumning yangi lavhalari e’lon qilindi

Muxolifat partiyasi rahbari Ozg‘ur Ozelga qilingan hujumning yangi lavhalari e’lon qilindi

Hujumchi 1959 yilda Gaziantepda tug‘ilgan Selchuk Tengiog‘lu ekan. U avvallari ikki farzandini o‘ldirganlik va o‘g‘irlik uchun sudlangan.

Tengiog‘lu umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan, biroq 16 yil qamoqda o‘tirgach, muddatidan oldin shartli ozod etilgan. Hozirda u ushlanib, huquq-tartibot organlari tomonidan so‘roq qilinmoqda.

Guvohlarning aytishicha, u Ozelni "Men buyuk usmoniylar avlodidanman!" degan so‘zlar bilan urgan.

Erdo‘g‘on allaqachon jabrlanuvchi Ozg‘ur Ozelga qo‘ng‘iroq qilib, hamdardlik va qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

Kiritildi: 22:18 04.05.2025. O'qildi: 787 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!