Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Musulmonlar idorasi chiqarilgan fatvo yuzasidan uzr so‘radi

A A A
Musulmonlar idorasi chiqarilgan fatvo yuzasidan uzr so‘radi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazining ma’lum qilishicha, markazning kriptovalyutalar shar’an joiz emasligi haqidagi xabari texnik sabablar bilan ehtiyotsizlik oqibatida e’lon qilingan.

2024 yil 3 iyun kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Fatvo markazi tomonidan "KRIPTOVALYUTALAR SAVDOSI JOIZMI?" degan mavzuda savol-javob loyihasi texnik sabablarga ko‘ra, ehtiyotsizlik oqibatida ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingani ma’lum qilindi.
Fatvo markazi direktori Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari va u kishining o‘rinbosarlari muborak haj safarida ekani, mazkur fatvo loyihasi atrofidagi ilmiy-tadqiqot ishlari hali nihoyasiga yetmagani va shuningdek, zamonaviy masalalarni keng qamrovli o‘rganish ishlari olib borilayotgani bildirildi.
Siz azizlardan uzr so‘ragan holda ushbu fatvo ustidagi ilmiy tadqiqotlarni nihoyasiga yetkazib, qayta e’tiboringizga havola qilinishini ma’lum qilamiz,- deyiladi uzrnomada.

Kiritildi: 04:30 04.06.2024. O'qildi: 2314 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!