Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Musulmon bo‘lgan yahudiy qissasi

Musulmon bo‘lgan yahudiy qissasi

Hijriy oltinchi asr oxirlari. Shia alaviylarining boshliqlaridan birining yahudiy xizmatkori bor edi. Yahudiy o‘zining sohibi bo‘lmish alaviyga omonat bilan, sadoqat bilan xizmat qilar edi. 

Bir kuni shayx Abu Bakr Harroniy rohimahulloh o‘z shogirdlari bilan haligi alaviyning ziyoratiga bordilar. Ular alaviyga deyishdi:

- Barcha ishing yaxshi ekan-u, ammo mana bu yahudiyni xizmatkor qilib olganing yaxshi bo‘lmabdi.

Alaviy dedi:

- Nega? U menga omonat va sadoqat bilan xizmat qiladi.

Ular deyishdi:

- Agar unda sen aytgan sifatlar bo‘lsa uni islomga da’vat qilib ko‘rchi!

Alaviy xizmatkoriga kishi yuborib chaqirtirdi va unga islomni arz qildi. Yahudiy dedi:

- Men Musoni buyuk payg‘ambar deb bilaman. Agar yahudiylar uning xotinini fohishalikda ayblashganda, otasini, ashoblarini so‘kishganda unga hargiz ergashmagan bo‘lar edim. Men musulmon bo‘lsam kimga ergashaman?!

Ular deyishdi:

- Xizmat qilayotgan sohibingga ergashasan.

Yahudiy dedi:

- Yo‘q! Men bunga rozi emasman.

Ular so‘rashdi:

- Nega rozi emassan?!

Yahudiy dedi:

- Chunki sohibim payg‘ambarining xotini Oisha haqida og‘ziga kelgan gapni gapiradi. Payg‘ambarining ashoblarini, Abu Bakr va Umarlarni so‘kadi. Men Muhammadga ergashib so‘ng uning xotinlarini fahshda ayblab, sahobalarini so‘kib, la’natlab yurishni istamayman. Undan ko‘ra dinimda qolganim afzal.

Alaviy bir oz jim qolib so‘ng dedi:

- Qo‘lingni ber! Men Allohdan o‘zga iloh yo‘qligiga va Muhammad alayhis salom Uning quli va payg‘ambari ekanligiga guvohlik beraman hamda o‘tgan barcha ishimdan tavba qilaman!

Shunda yahudiy ham dedi:

- Men ham Allohdan o‘zga iloh yo‘qligiga va Muhammad alayhis salom Uning quli va elchisi ekanligiga guvohlik beraman. Islomdan o‘zga barcha din botildir!

Hofiz Ziyouddin MAQDISIYning
"An-nahyu an sabbil ashob" kitobidan Abdulqodir Polvonov tarjimasi.

Kiritildi: 09:39 03.08.2020. O'qildi: 4980 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!