Bugun 29 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Murodjon Ahmadaliyev: “Inouening oldingi raqiblaridan kuchli va aqlliman”

Murodjon Ahmadaliyev: “Inouening oldingi raqiblaridan kuchli va aqlliman”

Jahon boks assosiasiyasi (WBA) ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue (27-0, 24 KO) kamarini majburiy da’vogar Murodjon Ahmadaliyevdan (12-1, 9 KO) himoya qilishga buyruq berdi.

O‘zbekiston vakili Inouega qarshi jang haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“In Sha Alloh, bu ajoyib jang bo‘ladi. Inoue juda kuchli, lekin men uning oldingi raqiblaridan aqlli va kuchliroqman. Kel, jang qilaylik, chempion”, — deya Inouega murojaat qilgan Ahmadaliyev.

WBA tomonlarga rasmiy maktub yuborib, har ikki jamoaga jang haqida xabar berdi. Muzokaralar olib borish uchun 14 iyulgacha muddat belgilandi. Tomonlar bu muddat ichida kelisha olmasa, kimoshdi savdolari o‘tkaziladi.

Inoue mutlaq chempionga aylanganidan so‘ng ilk bor may oyida Marlon Tapalesga qarshi ringga ko‘tarilib, kamarlarini himoya qilgan edi. Jang 6-raundda yaponiyalik bokschining nokaut evaziga g‘alabasi bilan yakunlangandi.

Kiritildi: 11:23 17.06.2024. O'qildi: 1243 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!