Murodjon Ahmadaliyev Monakoda tashkil etilgan jang oqshomida meksikalik Rikardo Espinozani 3-raundda nokautga uchratdi.
Jangdan so‘ng u o‘z vaznining mutlaq chempioni, yaponiyalik Naoya Inouega murojaat qildi.
"Men g‘alaba qozondim, istalgan payt Inoue bilan jang qilishga tayyorman. Nima uchun jang qilishni istamayapti, shu menga qiziq. Inoue, nima uchun jangni istamayapsan? Men doim tayyorman. Qoida bor: chempion kamarini himoya qilishi lozim. Men ham kamarimni himoya qilganman. Agar jangni istamasang, uni vakant qoldir. Men istalgan raqibga qarshi jang qilishga tayyorman.
Boshqa yo‘l yo‘q, men o‘z divizionimning zo‘riman. Men u bilan jangni istayman", - dedi Ahmadaliyev.