Bugun 16 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Murodjon Ahmadaliyev IBF'ga shikoyat bilan chiqdi va Naoya Inouega murojaat qildi

Murodjon Ahmadaliyev IBF'ga shikoyat bilan chiqdi va Naoya Inouega murojaat qildi

Professional bokschimiz, ikki yo‘nalishda sobiq jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyevning advokati Pet Inglish yaponiyalik mutlaq chempion Naoya Inoue bilan bo‘layotgan munozaralarga oydinlik kiritdi.

"Biz bu pullik reklama takliflariga, Sem Gudman Inouening navbatdagi raqibi bo‘lishiga qarshimiz. Murodjon Ahmadaliyev uzoq vaqtdan beri WBA chempionlik kamari uchun majburiy da’vogar bo‘lib kelgan. Buyruqqa ko‘ra, Naoyaning keyingi jangi WBA kamari uchun majburiy da’vogar bilan bo‘lishi kerak.

Biz WBA'dan majburiy himoya jangini tashkil etilishini talab qildik. Biz tahdid qilmoqchi emasmiz, lekin janob Inoue WBA'ning majburiy himoyasidan qochishga harakat qilsa, biz qonuniy choralar ko‘ramiz.

Agar janob Inoue WBA chempionlik unvonidan voz kechmoqchi bo‘lsa, biz uning Ahmadaliyevdan boshqasi bilan jang qilishiga to‘sqinlik qilmaymiz, lekin biz hozir sodir bo‘layotgan voqealarga qarshimiz. Kimdir yoki biror tashkilot janob Ahmadaliyevning huquqlarini poymol etayotganiga qarshimiz", deb yozdi Inglish.

Ahmadaliyev jamoasi bu murojaati bilan IBF tashkilotidan Naoya Inoue hamda majburiy da’vogar Sem Gudman jangiga buyruq bermaslikni so‘ragan.

Kiritildi: 09:36 18.10.2024. O'qildi: 788 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!