2026 yilgi jahon chempionati nafaqat 48 ta terma jamoa ishtirok etgan yangi format bilan, balki bir qator tarixiy rekordlari bilan ham alohida ahamiyat kasb etdi.
AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qilgan turnirda gollar soni, futbolchilar va murabbiylarning shaxsiy yutuqlari bo‘yicha bir qator yangi rekordlar o‘rnatildi. Ularning ayrimlari o‘yinlar soni oshgani sababli kutilgan bo‘lsa, boshqalari haqiqiy sensasiyaga aylandi.
Turnirning eng muhim statistik natijasi rekord darajadagi sermahsullik bo‘ldi. 104 ta o‘yinda jamoalar jami 308 ta gol urdi. Bu Jahon chempionatlari tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
Bungachagi rekord 2022 yil Qatardagi mundialda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda 64 ta uchrashuvda 172 ta gol urilgan edi.
Biroq turnirlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqqoslash qiyin. Chunki tarixda birinchi marta Jahon chempionati 32 emas, balki 48 ta terma jamoa ishtirokida o‘tkazildi va o‘yinlar soni 64 tadan 104 taga yetdi.