“Ipak yo‘li durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivaliga dunyoning turli xil mamlakatlaridan ko‘plab kino yulduzlari tashrif buyurishadi. Mehmonlarning geografiyasi juda keng. Ular orasida taniqli turk aktrisasi Nurgul Yeshilchay ham bor.
Nurgul Yeshilchay zamonaviy turk kinematorafiyasining eng yuqori baholanadigan aktrisalaridan biridir. U “Muhtasham yuz yil”, «Ko‘sem», “Muhabbat va jazo”, «Tilka-pora», “Qizil sevgi” filmlari orqali tomoshabinlar mehrini qozongan.
15 sentyabr kuni «O‘zbekiston» Xalqaro anjumanlar saroyida “Turkiya kinosi kunlari”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.