Bugun 10 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Mo‘g‘ulistonda qor bo‘roni haqida ogohlantirish e’lon qilindi

Mo‘g‘ulistonda qor bo‘roni haqida ogohlantirish e’lon qilindi

Mo‘g‘ulistonning Meteorologiya va atrof-muhit monitoringi instituti seshanba kuni qor bo‘roni haqida ogohlantirish e’lon qildi, deya xabar beradi Sinxua axborot agentligi.

Sinoptiklarning ma’lumotlariga ko‘ra, 8 oktyabrga o‘tar kechasidan g‘arbiy, markaziy va Gobi viloyatlarida, 9 oktyabrda esa mamlakatning sharqiy viloyatlarida qor bo‘roni esib, keyin Mo‘g‘ulistonning aksariyat hududlarida qor yog‘adi.

Shamol tezligi 14-16 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

Meteorologiya va atrof-muhit monitoringi instituti Ulan-Bator aholisini qor bo‘roni va qishloq joylarda yo‘l ko‘rinmasligi sababli hududlarga chiqmaslikka, mo‘g‘ulistonlik ko‘chmanchi chorvadorlarni esa yaylovlarda chorva boqishda hushyor va ehtiyotkor bo‘lishga chaqirdi.

Kiritildi: 22:45 09.10.2024. O'qildi: 277 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!