Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Muftiy Usmonxon Alimov dunyoning eng nufuzli musulmonlari ro‘yxatidan o‘rin oldi

Muftiy Usmonxon Alimov dunyoning eng nufuzli musulmonlari ro‘yxatidan o‘rin oldi

Iordaniya poytaxti Ammandagi Podshohlik strategik tadqiqotlar islom markazi 26 oktyabr kuni an’anaviy ravishda e’lon qilib kelinadigan The Muslim 500 — «Dunyoning eng nufuzli 500 musulmoni» ro‘yxatining 2021 yil uchun reytingini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi — muftiy Usmonxon Alimov o‘rin oldi.

Ro‘yxat 2009 yildan buyon e’lon qilib kelinadi va unga musulmon dunyosiga siyosiy, mafkuraviy, madaniy va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ta’sir ko‘rsata olgan taniqli insonlar kiritiladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov bir necha yillardan buyon ushbu ro‘yxatdan joy olib kelmoqda va bu yilgi reytingda u 166-o‘rinda qayd etildi.

«Alimov 2006 yildan buyon O‘zbekiston bosh muftiysi bo‘lib ishlaydi. U ilgari mufti bo‘lgan Samarqand viloyatida ekstremistlarga qarshi kurashda mo‘’tadil pozisiyasi va isbotlangan tajribasi bilan hurmatga sazovor. Alimov Toshkentning 2007 yilda ISESCO Islom madaniyati poytaxtiga aylanishida muhim rol o‘ynagan», — deyiladi Muslim 500-2021 reytingida.

Birinchi o‘rinni Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on egalladi. Ikkinchi o‘rindan Saudiya Arabistoni podshohi Salmon ibn Abdul Aziz al-Saud, uchinchi o‘rindan Eron Oliy rahbari Oyatullo Ali Homanaiy joy olgan.

Prezidentlardan Emomali Rahmon (Tojikiston), Gurbanguli Berdimuhamedov (Turkmaniston) , Ilhom Aliyev (Ozarbayjon), Ramzan Qodirov (Checheniston) ham reytingdan o‘rin olgan.

Taniqli sportchilardan UFC amaldagi chempioni Habib Nurmagomedov hamda «Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh The Muslim 500’ga kiritilgan.

Kiritildi: 18:26 27.10.2020. O'qildi: 2916 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!