Turkiya qisman tan olingan Kosovoga avvalroq NATO tomonidan talab qilingan maxsus kuchlar batalyonini topshirishni yakunladi. Bu haqda Turkiya milliy mudofaa vazirligi xabar berdi.
“Turkiya Harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligiga qarashli A-400M samolyoti Kosovoda xizmat qiladigan 65-mexaniklashtirilgan piyodalar brigadasining komando batalyonini joylashtirish doirasida ikkinchi va uchinchi guruh parvozlarini muvaffaqiyatli yakunladi”, — deb yozadi “TASS”.
5 iyun kuni NATO qisman tan olingan Kosovoga qo‘shimcha ittifoq kuchlari (KFOR) kela boshlaganini e’lon qildi.
Qayd etilishicha, turk batalyonlari Kosovoda “kerak bo‘lganicha” qoladi.