Bugun 18 noyabr, 2019 yil, dushanba

КИР

Mudofaa vazirligi bo‘linmasi Havo hujumiga qarshi raketani sinovda muvaffaqiyatli qo‘lladi (+video)

Mudofaa vazirligi bo‘linmasi Havo hujumiga qarshi  raketani sinovda muvaffaqiyatli qo‘lladi (+video)

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlariga qarashli bo‘linma shaxsiy tarkibi jangovar tayyorgarlik o‘quv rejasiga ko‘ra, Navoiy viloyatida joylashgan «Qulquduq» havo-er harbiy poligonida havo hujumiga qarshi raketani amalda muvaffaqiyatli qo‘lladi, deb xabar bermoqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugdan marsh davomida shaxsiy tarkib muayyan oraliq vaqtlar mobaynida jangovar texnikalarni texnik nazorat ko‘rigidan o‘tkazish, ularga yonilg‘i quyish, shuningdek, xalqaro va magistral yo‘llar, shahar hamda aholi zich yashaydigan hududlarda harakatlanish chog‘ida barcha xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etgan holda «Qulquduq» havo-er poligoniga kelib o‘rnashdi.

Harbiy xizmatchilar «Qulquduq» poligonida jangovar texnikalarni belgilangan tartibda xavfsiz, funksional pozisiyalarda joylashtirdi. Yuqori qo‘mondonlik o‘rtasida va ichki tartibda o‘zaro aloqa o‘rnatildi. «Osmon himoyachilari»ning mazkur jangovar o‘quv-mashg‘ulotda qo‘yilgan vazifani a’lo darajada bajarishi uchun barcha zarur moddiy-texnik vositalar ta’minoti tashkillashtirildi.

Jangovar shay holatga keltirilgan zenit-raketa majmualari ishga tushirildi: dastlab, harbiy aviasiya orqali yaqin masofadagi nishon havoga qo‘yib yuborildi. Havodagi jism haqida to‘liq va aniq ma’lumotlarga tayangan holda, raketa jangovar holatda otildi. Nishon qisqa vaqt ichida bexato urib tushirildi; shundan so‘ng uzoq masofadagi nishonlarni urib tushirishga mo‘ljallangan zenit-raketa majmuasi o‘z «ish»ini boshladi! Havoga shartli dushman — uchuvchisiz uchish apparati uchirildi.

Shaxsiy tarkib boshqaruv va qo‘mondonlik punktida uzoq masofadagi nishonning oraliq masofasi, harakati va tezligini aniqlab, kuzatuvga oldi. So‘ngra yuqori qo‘mondonlikning «Nishon yo‘q qilinsin!» buyrug‘iga binoan havo-er raketasi jangovar otish holatida nishon tomonga yo‘nalish oldi. Sanoqli soniyalarda shartli dushman uchish apparati butkul zararsizlantirildi.

Qo‘yilgan jangovar vazifa a’lo darajada bajarildi.

 

 

Kiritildi: 10:31 08.11.2019. O'qildi: 1163 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi, va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!