Bugun 18 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Muddatli harbiy xizmatchilar o‘z yaqinlari bilan onlayn suhbatlashdi

A A A
Muddatli harbiy xizmatchilar o‘z yaqinlari bilan onlayn suhbatlashdi

Toshkent harbiy okrugida “Askar onalarini sharaflaymiz” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida o‘z yigitlik burchini o‘tayotgan harbiy xizmatchilarni ota-onalari, yaqinlari bilan onlayn muloqotlarini tashkil qilish, ularni diydorlashtirishdan iborat. “Vatanparvarlik oyligi” doirasida tashkil qilingan ushbu videokonferensiyada ota-onalar farzandlariga o‘z dil so‘zlarini izhor qilishdi. O‘z navbatida, harbiy o‘g‘lonlar ham ko‘nglidan o‘tgan salom va tabriklarini o‘z oilasi, yaqinlariga yo‘lladi.

Videokonferensiyada elimiz suygan san’atkorlar O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Ra’no Yarasheva, Muhabbat Abdullayevalar, shuningdek, Toshkent harbiy okrugi Qo‘mondonligi vakillari, Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar kengashi raisi Durdona Rahimova, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabalari, ota-onalar, harbiy xizmatchilar ishtirok etib, Vatan tuyg‘usi, mardlik va jasurlik xislatlari haqida o‘z mulohazalarini bildirib o‘tishdi.

Muloqotlar davomida Chirchiq garnizoni Ma’naviyat va ma’rifat markazi harbiy orkestri va ansambli ijrosida kuy-qo‘shiqlar barchani xushnud qildi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati

 

Kiritildi: 19:30 04.01.2020. O'qildi: 2460 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik