Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Mozambikda saylov natijalari e’lon qilinganidan keyin kamida 21 kishi halok bo‘ldi

Mozambikda saylov natijalari e’lon qilinganidan keyin kamida 21 kishi halok bo‘ldi

Konstitusiyaviy kengash 9 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan umumiy saylovlarning yakuniy natijalarini e’lon qilganidan beri 24 soat ichida Mozambikdagi tartibsizliklarda kamida 21 kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda Mozambik ichki ishlar vaziri Pashual Ronda ma’lum qildi.

"Konstitusiyaviy kengash saylovning yakuniy natijalarini e’lon qilganidan so‘ng, prezidentlikka nomzod Venansio Mondleyn boshchiligidagi muxolifat tartibsizliklar uyushtirdi, unda kamida 21 kishi halok bo‘ldi", — deyiladi xabarda.

Vazir mamlakat shimolidagi Kabo Delgado provinsiyasida muxolifat terrorchilar bilan hamkorlikda harakat qilayotganini tan oldi.

Kiritildi: 09:25 25.12.2024. O'qildi: 344 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!