Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Mozambikda 6 mingga yaqin xavfli jinoyatchi qamoqdan qochib ketdi

Mozambikda 6 mingga yaqin xavfli jinoyatchi qamoqdan qochib ketdi

Mozambikdagi qat’iy rejimli “Machava” qamoqxonasidan 6 mingga yaqin xavfli jinoyatchi qochib ketdi. Bu haqda mahalliy SABC radiostansiyasi xabar berdi.

Mahbuslar qo‘riqchilarni qurolsizlantirishga va Machava tumanida joylashgan qamoqxonani tark etishga muvaffaq bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, qochib ketgan jinoyatchilar qamoqxona qo‘riqchilaridan tortib olgan qurollarga ega bo‘lishi mumkin.

Mamlakatdagi eng xavfli jinoyatchilar “Machava” qamoqxonasida saqlangan.

Mahbuslarning qochishi muxolifat yuzaga keltirgan norozilik namoyishlari va yirik tartibsizliklar fonida yuz berdi. Norozilik namoyishlari saylov komissiyasi 9 oktyabr kuni mamlakatda bo‘lib o‘tgan prezidentlik va parlament saylovlarining dastlabki natijalarini e’lon qilganidan so‘ng darhol boshlandi.

Saylov komissiyasiga ko‘ra, hukmron “Frelimo” partiyasi va uning davlat rahbari lavozimiga nomzodi Daniel Shapu saylovda g‘alaba qozongan. 23 dekabr kuni Mozambik Konstitusiyaviy kengashi (KK) saylov komissiyasi ma’lumotlaridan unchalik farq qilmagan yakuniy ovoz berish natijalarini tasdiqladi va Shapuni Mozambikning yangi prezidenti deb e’lon qildi.

Prezidentlik saylovlarida ikkinchi bo‘lgan muxolifat yetakchisi Venansio Mondleyn, shuningdek, “Renamo” partiyasi yetakchisi Osufu Momadi Konstitusiyaviy sud qarorini tan olishdan bosh tortdi.

Ular o‘z tarafdorlarini norozilik namoyishi o‘tkazishga chaqirdi. Kecha 24 dekabr kuni Mozambik hukumati Konstitusiyaviy sud prezidentlik va parlament saylovlarining yakuniy natijalarini e’lon qilganidan keyin 24 soat ichida tartibsizliklarda kamida 21 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Ayni paytda muxolifat 23 dekabrdan beri 84 nafar namoyishchi halok bo‘lganini e’lon qilgan.

Kiritildi: 09:29 26.12.2024. O'qildi: 339 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!