Bugun 6 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Moychechakning foydali xususiyatlari

Moychechakning foydali xususiyatlari

Moychechak (romashka) tabiat dorixonasidagi eng foydali va samarali o‘simliklardan biri. Bu o‘simlik bosh, miya, tish, quloq, ko‘z og‘riqlarini va boshqa xastaliklarni davolashda keng qo‘llaniladi. Asosan mikroblarga qarshi kurashish xususiyatiga ega bo‘lib, ichakda bijg‘ish jarayonini kamaytiradi, allergik reaksiyalarni susaytiradi, safro ajralishini me’yorlashtiradi.

Moychechakdan qaynatma tayyorlash uchun quritilgan gulidan 10 gramm olib, 200 gramm qaynoq suvda 5-7 daqiqa qaynatiladi. So‘ngra tindirib, suzib olinadi.

Shamollashda 2 oshqoshiq moychechak gullari yarim litr qaynoq suvga solib, yarim kun mobaynida damlashga qo‘yiladi. Damlamadan kuniga 2 oshqoshiqdan 3-4 mahal ichiladi.

  • Undan og‘iz chayish, ko‘z yaralari va kuygan yaralarni yuvishda, soch to‘kilishida, qazg‘oqdan xalos bo‘lishda foydalanilanish mumkin.
  • Bachadon kasalliklarida bir oshqoshiq maydalangan moychechak guli 200 ml qaynoq suvga solinib, 4 soat mobaynida damlanadi. Kuniga 50 ml.dan 3 mahal ichiladi.
  • Ichburug‘da moychechak gullari, momaqaymoq ildizi, qizilmiya teng miqdorda olinib aralashtiriladi. Shundan 3 oshqoshig‘i 1 litr qaynoq suvda 6 soatga damlashga qo‘yiladi. Keyin huqna qilinadi.
  • Moychechak damlamasida soch yuvilsa, tezroq o‘sadi. Gulidan sochni bo‘yaydigan rang tayyorlanadi. Bu rang kashtan rangli sochni xurmo rangli sochga, xurmo ranglini esa tillo tusli sochga aylantiradi.
  • Bavosir (gemorroy)da moychechak gullari damlamasi huqna qilinsa, davolash samarasi yaxshi natija beradi.
Kiritildi: 05:23 30.06.2021. O'qildi: 29815 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!