Bugun 8 fevral, 2026 yil, yakshanba

КИР

Moskvadagi qonli hujum tafsilotlari: General Alekseevga suiqasd ijrochisi kim?

Moskvadagi qonli hujum tafsilotlari: General Alekseevga suiqasd ijrochisi kim?

Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi Bosh boshqarmasi (GRU) rahbarining birinchi o‘rinbosari Vladimir Alekseevga qilingan suiqasdda gumon qilinuvchi shaxs qo‘lga olingan. Bu haqda “Interfaks” Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) bayonotiga tayanib xabar bermoqda.

Maxsus xizmat ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxs — 1960 yilda tug‘ilgan Rossiya fuqarosi Lyubomir Korba. FSB uni suiqasdning bevosita ijrochisi deb atamoqda. BAA huquq-tartibot idoralari Korbani Rossiyaga topshirgan.

Bundan tashqari, Alekseevga suiqasd ishi doirasida Moskvada 1959 yilda tug‘ilgan Rossiya fuqarosi Viktor Vasin ham qo‘lga olingan. Shuningdek, ishda 1971 yilda tug‘ilgan Zinaida Serebriskaya ham tilga olinmoqda. FSB ma’lumotiga ko‘ra, u Ukrainaga jo‘nab ketgan.

General Alekseevga suiqasd 6 fevral kuni Moskvada sodir etilgan. U og‘ir yaralangan, biroq tirik qolgan. Shifokorlarning aytishicha, hozirda generalning hayoti xavf ostida emas.

Kiritildi: Bugun 14:14. O'qildi: 774 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!