Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Moskvada rossiyalik mansabdor shaxsning avtomobili portlab ketdi

Moskvada rossiyalik mansabdor shaxsning avtomobili portlab ketdi

Moskva shimolidagi avtoturargohlardan birida avtomobilga o‘rnatilgan noma’lum narsa portlab ketgan. Bu haqda “Ria Novosti” xabar berdi.

Mazkur portlash natijasida ikki kishi jabrlangan. OAV ma’lumotiga ko‘ra, mashinada Rossiya Federasiyasi qurolli kuchlari sun’iy yo‘ldosh aloqa markazi boshlig‘i o‘rinbosari Andrey Torgashov va uning turmush o‘rtog‘i bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Torgashovning ikki oyog‘i uzilib ketgan, rafiqasi ham jarohatlangan.

Qayd etilishicha, Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan hodisaning barcha holatlari aniqlanib, jinoyatga aloqador shaxslarni qo‘lga olish bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 15:19 24.07.2024. O'qildi: 1051 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!