Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Moskvada erkak kishi mehmonxonada pnevmatik pirotexnika vositalarini portlatib yubordi

Moskvada erkak kishi mehmonxonada pnevmatik pirotexnika vositalarini portlatib yubordi

Moskva shahridagi Altufevskoye shossesidagi binolardan birida noma’lum shaxs pnevmatik pirotexnika moslamasini portlatib yuborgan va keyin g‘oyib bo‘lgan.

Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligining poytaxt bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

"Bugun soat taxminan 10:30 larda polisiyaga Altufevskoye Shosse ko‘chasidagi uylardan birida portlash sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, noma’lum fuqaro pnevmatik pirotexnika vositasidan foydalangan", - deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Huquq-tartibot idoralarining aniqlik kiritishicha, hodisa "Vosxod" mehmonxonasida yuz bergan.

Kiritildi: 14:18 21.04.2025. O'qildi: 822 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!