Moskvadan Pxuket (Tailand)ga uchgan samolyot O‘zbekiston osmoniga kelib ortiga qaytdi.
Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi ziddiyat yanada kuchaygani (ayni paytda tomonlar raketa va havo kuchlari orqali bir-biriga zarbalar bermoqda) bunga sabab bo‘ldi. Pokiston o‘z havo kengliklarini 48 soatga yopgan.
Dronlar tahdidi tufayli Moskva atrofida «Gilam» tartibi joriy etilgani bois, qaytgan samolyot Sheremetyevo aeroportiga ham qo‘na olmadi.
«Aeroflot» samolyoti boshqa aeroportga qo‘nadimi yoki «Gilam» tartibi bekor qilinishini kutib parvozda davom etadimi, hozircha noma’lum.