Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Moskva qurilishlaridagi migrantlar o‘rnini talabalar bilan almashtirish taklif qilindi

Moskva qurilishlaridagi migrantlar o‘rnini talabalar bilan almashtirish taklif qilindi

Rossiya qurilishlaridagi migrantlar o‘rnini tegishli universitet va kollejlari talabalari egallashlari mumkin bo‘lardi. Bunday taklif Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Marat Xusnullin nomiga kelib tushdi, deya yozadi RIA Novosti.
Uni Rossiyaning Ijtimoiy tadqiqotlar va fuqarolar tashabbusini rivojlantirish instituti bildirdi
Shu tariqa mamlakat ikkita dolzarb masalani hal qilishi mumkinligi ta’kidlanmoqda: qurilishlarda xodimlar yetishmasligi va talabalarning mutaxassisligi bo‘yicha yetarlicha tayyorlanmasligi.
Institut oliy va o‘rta ta’lim muassasalarining ishlab chiqarish amaliyoti doirasida yoshlarni qurilish ob’ektlariga jo‘natishini shart etib belgilash lozim deb hisoblaydi. Bu normani qonun bilan belgilash kerak.
Institut direktori Maksim Petuninning so‘zlariga ko‘ra, o‘qish vaqtida quruvchilarni tayyorlash muammosi muntazam kuzatiladi. Tegishli tashkilotlardagi amaliyot ularga tajriba orttirish va mutaxassisligi bo‘yicha tayyor bo‘lishga imkon beradi.

Talabalarni jalb qilish hukumatning migrantlar xizmatidan kechish rejasini amalga oshirishga yordam berishi aytilmoqda.

Kiritildi: 17:47 01.12.2021. O'qildi: 2196 marta. Fikrlar soni: 4 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!