Moskva Rossiya, Ozarbayjon va Armaniston tashqi ishlar vazirlarining Rossiya poytaxtida uchrashuvini tashkil etishga tayyorligini tasdiqladi, biroq hozircha aniq sana yo‘q. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi rahbari o‘rinbosari Mixail Galuzin ma’lum qildi.
"Biz Armaniston va Ozarbayjon tashqi ishlar vazirlari darajasida ikki tomonlama munosabatlarni normallashtirish, tinchlik shartnomasini imzolash bo‘yicha keyingi muloqot uchun Moskva platformasini taqdim yetishga tayyorligimizni bir necha bor tasdiqladik. Bizning bu tayyorligimiz o‘zgarmasdir. Bunday tadbirni o‘tkazish vaqtini kelishib olsak, uni o‘z vaqtida ye’lon qilamiz", dedi u.