Deutsche Welle gazetasi “Ukrainadan keyin Boku ham yodgorliklarga qarshi urush e’lon qildi” sarlavhali maqola chop etdi. Unda Qorabog‘da rassom Ivan Ayvazovskiy haykalining buzilishi bilan Germaniyada fashistlar hokimiyatga kelganidan so‘ng nemis fizigi Genrix Gers byustining olib tashlanishi o‘rtasidagi o‘xshashlik keltirilgan.
"Mashhur fizikka nisbatan nemis fashistlarining qarshiligi uning kelib chiqishi bilan bog‘liq edi. Gersning otasi nasroniy diniga o‘tgan yahudiy bo‘lgan. Ayvazovskiy haykalining buzilishiga ham asosiy sabab rassomning kelib chiqishi bo‘lgan. Uning otasi XVIII asrda G‘arbiy Armanistondan Galisiyaga ko‘chib kelgan armanlardan edi. Ayvazovskiyning cherkov qaydlaridagi ismi “Ovanes Ayvazyan” deb qayd etilgan", deyiladi “Moskovskiy Komsomoles” maqolasida.
Boku va Moskva o‘rtasidagi munosabatlar, Yekaterinburgda kuch tuzilmalari reydi vaqtida ozarbayjonlik Ziyovuddin va Guseyn Safarovlar halok bo‘lganidan so‘ng keskinlashdi. Ozarboyjon sud-tibbiyot ekspertlari ular kaltaklangani va qiynoqqa solinganini aniqladi. Bu voqealardan so‘ng Bokuda Rossiyaning davlat axborot agentligi — “Sputnik Ozarboyjon” rahbarlari hibsga olindi va “FSB foydasiga ishlash”da ayblandi. Bundan tashqari, yana 11 nafar rossiyalik “giyohvand moddalar savdosi va kiberjinoyatlarda” ayblanib, hibsga olindi.