Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Morxo‘r bolasi asrab qolindi

Morxo‘r bolasi asrab qolindi

Surxondaryo viloyatidagi Ko‘hitang tog‘ tizmalarida yoqqan kuchli yomg‘ir tug‘ilganiga taxminan ikki-uch kun bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan morxo‘r bolasini onasidan ajratib tashlaydi.

“Surxon” davlat qo‘riqxonasi “Qizilolma” bo‘limini ko‘zdan kechirayotgan nazoratchi Tog‘aymurod Abdulaliyev soyda nochor ahvolda unga duch kelib, birinchi yordam ko‘rsatadi, morxo‘r bolasining hayotini saqlab qoladi.

Ekologiya, atrof-muhit muhofazasi va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi axborot xizmatining xabar qilishicha, kuchli yomg‘irda onasidan ajralib qolgan morxo‘r bolasi zudlik bilan veterinar ko‘rigidan o‘tkazilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgach, Buxoro ixtisoslashtirilgan Jayron pitomnigiga parvarish qilish uchun jo‘natilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda viloyatdagi “Surxon” davlat qo‘riqxonasida 700 boshdan ortiq morxo‘r mavjud.

Kiritildi: 08:56 26.04.2024. O'qildi: 743 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!