Prezident tomonidan imzolangan qonun (O‘RQ–828, 10.04.2023 y.) bilan “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish kiritildi
Kiritilgan o‘zgartishga ko‘ra:
🔹Moliyaviy iste’mol kreditidan foydalanishda shartnoma tovarni (xizmatni) iste’molchi tomonidan sotib olishga doir shartnoma kuchga kirguniga qadar yoki kuchga kirganidan keyin tuzilishi mumkin.
🔹Moliyaviy iste’mol krediti berish iste’mol tovarlarini (xizmatlarni) ishlab chiqaruvchining yoki realizasiya qiluvchi sub’ektning (yuridik va jismoniy shaxsning) bankdagi hisobvarag‘iga bank yoxud boshqa kredit tashkiloti tomonidan pul mablag‘lari o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
🔹Moliyaviy iste’mol kreditining naqd pulda berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.