Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Moldovada davlat tili rumin tiliga o‘zgartirildi

Moldovada davlat tili rumin tiliga o‘zgartirildi

Juma kuni Moldovada davlat tilini moldova tilidan rumin tiliga o‘zgartirish haqidagi farmon kuchga kirdi.

"TASS" nashrining xabar berishicha, qarorga ko‘ra, parlament tomonidan qabul qilingan normativ hujjatlar matnidagi "Moldova tili" so‘zlari tegishli holda "rumin tili" so‘zlari bilan almashtirildi.

Harakat va birdamlik partiyasi tomonidan parlamentda ma’qullangan til nomini o‘zgartirish tashabbusi Kishinyovda bahs va noroziliklarga sabab bo‘ldi. Muxolifatdagi Kommunistlar va Sosialistlar bloki deputatlari ushbu hujjatni ko‘rib chiqishda ishtirok etishdan bosh tortdilar va bu qaror konstitusiyaga zid ekanligini ta’kidlab, unda til moldavan tili deb ataladi.

Kiritildi: 22:17 24.03.2023. O'qildi: 2277 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!