Ayni paytda mamlakat aholisi Moldovaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi bo‘yicha referendumda ham ishtirok etmoqda. Saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan ertalab soat 7 da ochilgan.
Ushbu saylov Moldova uchun jiddiy sinovdir. Hozirgi davlat rahbari Mayya Sandu saylovlarda yetakchilik qilmoqda, ammo uning prezidentligining to‘rt yili davomida shikoyatlar ham kam bo‘lgani yo‘q.
Aksariyat tahlilchilar bu saylovda Sandu g‘olib bo‘ladi deb hisoblaydi.