Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Model nega otasining jasadi bilan suratga tushdi?

A A A
Model nega otasining jasadi bilan suratga tushdi?

Serbiyalik model Jelika Lyubichich ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini shokka tushurdi. Qiz kasalxonada vafot etgan otasining jasadi bilan suratga tushdi va buni o‘z sahifasiga joylashtirdi.

Foydalanuvchilar darhol o‘lik otasining jasadi yordamida “like” yig‘moqchi bo‘lgan modelni tanqidlar yomg‘iri ostida qoldirdilar.

Jelika Lyubichich rasm ostiga otasi hayot uchun qattiq kurashganligini va unga ko‘p jabhada yordam berganini yozib qoldirgan. Balki, u qilayotgan ishini to‘g‘ri deb o‘ylagandir. Ammo bunday bo‘lib chiqmadi.

Keyinchalik bu model tanqidlarga dosh bera olmadi va avval postni, keyinchalik barcha fotosuratlarini o‘chirdi. Oxirida esa Instagramdagi sahifasini ham butunlay yo‘q qildi.

Kiritildi: 05:47 23.07.2018. O'qildi: 2033 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik