Misrning Suvaysh viloyatida yo‘lovchi avtobusining ag‘darilib ketishi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi.
Misr sog‘liqni saqlash vazirligi Ayn Suxna yo‘lida sodir bo‘lgan YTHga oid so‘nggi ma’lumotlarni e’lon qildi.
Bayonotga ko‘ra, hodisa oqibatida 12 kishi halok bo‘lgan, 33 kishi jarohatlangan.
Eslatib o‘tamiz, kecha vazirlik xabarida ushbu YTH oqibatida 7 kishi halok bo‘lgani va 25 kishi jarohatlangani aytilgan edi.