“Misr – O‘zbekiston uchun birinchi sayyohlik yo‘nalishi” mavzusida Misr telekanallarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Misr Arab Respublikasiga tashrifi yoritildi.
Shuningdek, Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi O‘zbekiston va Misr o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar haqida quyidagi fikrlarni keltirdi:
«Janob prezident, biz Sizning yurtingizni, albatta, Movaraunnahr yurti deb bilamiz. Samarqand, Buxoro shaharlari borligini bilamiz va yurtingizni Imom Buxoriy, Zamaxshariy va Termiziy kabi buyuk allomalar yurti, deb bilamiz.
Shu bilan birga siz tashrif buyurgan al-Farg‘oniy va nilomer ibn Tulun masjidlari ham mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tarixiy rishtalarni bog‘lab turuvchi meroslardan hisoblanadi. Misr O‘zbekiston mustaqilligini tan olgan (1992 yilda) va o‘z elchixonasini ochgan (1993 yilda) birinchi arab mamlakati bo‘lgan"