Internetda paydo bo‘lgan AQSh razvedkasi hujjatiga tayanib, Washington Post gazetasining yozishicha, Misr Rossiyaga yashirincha 40 mingtagacha raketa yuborishni rejalashtirgan.
“AQSh razvedka xizmatining oshkor qilingan hujjatiga ko‘ra, Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy yaqinda o‘z qo‘l ostidagilarga Rossiyaga yashirincha jo‘natish uchun 40 mingtagacha raketa ishlab chiqarishni buyurgan”, — deyiladi maqolada.
Materialda ta’kidlanganidek, hujjatga ko‘ra, Misr prezidenti “G‘arb bilan muammolarga yo‘l qo‘ymaslik” uchun rasmiylarga raketalarni ishlab chiqarish va yetkazib berishni sir saqlashni topshirgan.