Bugun 3 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

Mirzo Ulug‘bek tumanida jarima qo‘llamaslik uchun firibgarlik qilgan yetakchi mutaxassis ushlandi

A A A
Mirzo Ulug‘bek tumanida jarima qo‘llamaslik uchun firibgarlik qilgan yetakchi mutaxassis ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, "Toshkent suv ta’minoti" MCHJga qarashli “Suv o‘lchagich xizmati” unitar korxonasi yetakchi mutaxassisi S.S. xizmat mavqeidan foydalanib, tadbirkor M.ga qarashli binodagi suv hisoblagichning sertifikat muddati o‘tganligi sababli qo‘llanilishi lozim bo‘lgan 5,5 mln so‘m jarimani korxona rahbariyati orqali bartaraf qilib berish evaziga 100 AQSh dollari va 500 ming so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 12:21 07.06.2022. O'qildi: 2307 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!