Bugun 14 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Mirzo Ulug‘bek tumanida bir kunda ikkita yong‘in sodir bo‘ldi

Mirzo Ulug‘bek tumanida bir kunda ikkita yong‘in sodir bo‘ldi

2018 yil 3 avgust kuni soat 23:16 da Toshkent shahar YOXB kuch va vositalarni boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga Mirzo Ulug‘bek tumani Ziyolilar ko‘chasida joylashgan ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushdi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB.

O‘t o‘chirish guruhi voqea joyiga sanoqli daqiqada yetib keldi va yong‘in soat 00:28da to‘liq bartaraf etildi. Yong‘in oqibatida binoning xizmat ko‘rsatish va qo‘shimcha xonalari hamda tom qismi ziyon ko‘rgan, insonlar orasida jarohatlangan va qurbonlar yo‘q. Yong‘in elektr uskunalarining nosoz holatda bo‘lgani sababli kelib chiqqani taxmin qilinmoqda. Hozirda uning asl sababi va keltirilgan ziyon miqdori o‘rganilmoqda.

3 avgust kuni soat 23:28da yana bir yong‘in haqida xabar kelib tushdi. Yong‘in tumanning Muhammad Yusuf ko‘chasida joylashgan 4 qavatli ma’muriy binoning 3-qavatida sodir bo‘lgan. Yong‘in o‘t o‘chirish guruhining tezkor harakatlari bilan soat 23:50da to‘liq o‘chirildi. Qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q. Elektr simlaridagi qisqa tutashuv yong‘inga sabab bo‘lgan.

Manba: uz24.uz

Kiritildi: 11:08 06.08.2018. O'qildi: 1157 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!