Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Mirziyoyev Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

Mirziyoyev Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 3 iyul kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi va "SHHT plyus" formatidagi uchrashuvda ishtirok etish uchun Ostona shahriga jo‘nab ketdi.

Tadbirlarda SHHT doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va tashkilot faoliyatini takomillashtirishning dolzarb masalalari, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy hamkorlikning muhim jihatlari muhokama qilinadi.

O‘zbekiston Prezidenti xorijiy delegasiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi.

Kiritildi: 15:07 03.07.2024. O'qildi: 756 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!