Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Mirziyoyev Putinga Moskvada Islom Karimov haykali ochilgani uchun minnatdorchilik bildirdi

Mirziyoyev Putinga Moskvada Islom Karimov haykali ochilgani uchun minnatdorchilik bildirdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya rahbari Vladimir Putinga Moskvada respublikaning birinchi prezidenti Islom Karimov haykali ochilgani uchun minnatdorchilik bildirdi, deya xabar beradi "Kun" nashri RIA Novostiga tayanib.

«O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish yo‘lidagi ishlaringiz uchun o‘zim va O‘zbekiston xalqi nomidan sizga minnatdorchilik bildiraman», - deya murojaat qilgan Mirziyoyev Toshkentdagi muzokaralar avvalida Putinga.

O‘zbekiston prezidentining ta’kidlashicha, mamlakat xalqi payshanba kuni Rossiya poytaxtida, «O‘zbekiston uchun juda ko‘p ish qilgan» Karimovning haykali ochilishiga «juda minnatdor munosabatda».

Putinning bildirishicha, Karimov «Rossiya-O‘zbekiston munosabatlarini rivojlantirish uchun juda ko‘p ish qildi». Rossiya rahbarining qo‘shimcha qilishicha, Karimov bilan yaxshi shaxsiy munosabatlarga ega bo‘lgan. Rossiya Federasiyasi prezidenti so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston birinchi prezidenti «davlatni shakllantirishning o‘ta murakkab davrida» ishladi. «Biz Islom Abdug‘aniyevich xotirasini abadiylashtirish haqida o‘ylayotganimiz tabiiy holat», - deya xulosa qildi Putin.

Kiritildi: 14:26 19.10.2018. O'qildi: 1210 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!