Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Mirkomil Adilov yangi tashkil etilgan departamentga rahbar bo‘ldi

A A A
Mirkomil Adilov yangi tashkil etilgan departamentga rahbar bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida O‘zbekiston Respublika Moliya vazirligining Muvofiqlashtirish va axborot-taxlil Departamenti tashkil etildi.
 
Bugun, 12 sentyabr kuni Departament boshlig‘i lavozimiga Mirkomil Adilov tayinlandi. Bu haqda Moliya vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
 
Mirkomil Mirolimovich Adilov 1986 yilda to‘g‘ilgan.  Ma’lumoti oliy. 2011-2016 yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, boshqarma boshligi; 2016-2017 yillar mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Apparati ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar markazi direktori o‘rinbosari; 2018 yil Moliya vazirligi huzuridagi moliya organlari hamda byudjet tashkilotlarning moliya-hisob bo‘linmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash O‘quv markazi direktori lavozimlarida ishlagan. 

Manba: qalampir.com

Kiritildi: 17:09 12.09.2018. O'qildi: 2709 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!